Foto: Teznews
O'zbekistonda kundan-kunga koronavirus bilan kasallanish holatlari ko'payib borayotgani xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, mamlakatga COVID-19 ga qarshi emlash uchun 142 740 doza Pfizer vaksinasi olib kelingan. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, bugungi kunga qadar emlash jarayonlarida jami 72,5 mln doza vaksinadan foydalanilgan. Ularning 6,7 mln dozasi Pfizer vaksinasi hissasiga toʻgʻri keladi.
Avvalroq, Xitoyda koronavirus bilan kasallanish hollari yana avj olgani sabab, ulkan karantin markazlari qurish boshlab yuborilganligi aytilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling