Qo‘qonda giyohvand moddalar saqlagan voyaga yetmagan yigit qo‘lga olindi

Jinoyatchi uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Qo‘qonda voyaga yetmagan bolaning mashinasidan giyohvand moddalar topildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, 17-noyabr kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari koʻp qavatli uy oldida toʻxtab turgan “Matiz” rusumli avtomashinani tekshirgan. Mashinani voyaga yetmagan haydovchi boshqargan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tekshiruv chog‘ida avtomashina salonida pichoqqa yopishtirilgan giyohvand moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda sotish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyatchi uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Avvalroq, Farg'onada 30 kgdan ko'proq giyohvand moddasini sotmoqchi bo'lganlar qo'lga olingandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling