Foto: Telegram
Toshkent shahridagi yer usti metro bekatlarining biri deyarli ikki haftaga yopilgani haqida xabar berilgandi.
Bu vaqt ichida Toshkent shahri Fargʻona yoʻli koʻchasidan “Qoʻyliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichining metroning “Yerusti halqa yoʻli” yoʻnalishi 6 va 7-bekatlari oraligʻi yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshirilishi aytilgandi.
Toshkent Metropoliteni xabariga koʻra, yer usti halqa yoʻli yoʻnalishining 7- metro bekati 7-dekabrdan doimiy jadval asosida oʻz yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatishni boshlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling