Toshkentdagi metro bekatlaridan birining faoliyati vaqtincha to'xtatiladi

Qachon qayta ishga tushishi haqida xabar berilmagan

Foto: Tashtrans.uz

Foto: Tashtrans.uz

“Toshkent metropoliteni”ning “Yerusti halqa yoʻli”dagi 7-bekati (“Qoʻyliq”)  10-noyabr kunidan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Fargʻona yoʻli koʻchasidan “Qoʻyliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichining metropoliten “Yerusti halqa yoʻli” 6 va 7-bekatlari oraligʻidagi yer ustki qismida qurilish konstruksiyalarining beton ishlari amalga oshiriladi.

Shu sababdan 7-bekat (Qoʻyliq) 10-noyabr kuni soat 21:00 dan boshlab yoʻlovchilarga vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi. Ushbu yoʻnalishda poyezdlar harakati “Doʻstlik-2” bekatidan 6-bekatgacha tashkil etiladi.

“11-noyabr kunidan “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq, Toshkent metropolitenida nosozlik yuz bergani haqida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling