O'quvchini kaltaklagan o'qtuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

Namangan shahri Davlatobod tumanida maktab o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchiga nisbatan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Namanganda 58-sonli umumiy taʼlim muassasasida geografiya o'qtuvchisi o‘quvchining xatti-harakatidan norozi bo‘lgani uchun uni kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling