UzAuto Motors Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilish toʻxtatilganini ma'lum qildi

Ushbu qaror O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib qabul qilingan

Foto: Авто в Узбекистане

Foto: Авто в Узбекистане

Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha toʻxtatilgani maʼlum qilindi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati maʼlm qilmoqda.

“Oʻzbekistonda avtomobillarga boʻlgan talabning anomal oʻsishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllanilgan yoʻldan borishni toʻgʻri deb hisoblaydi. Shu sababli  Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha toʻxtatadi. Bu oʻz navbatida barcha saʼy-harakatni avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha avtomobil ishlab chiqarishga yoʻnaltiradi.

Kompaniya oʻz mijozlaridan tushunishlarini soʻrab qoladi. Hozirgi sharoitda UzAuto Motorsʼning asosiy maqsadi avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdir. Sizning qoʻllab-quvvatlashingiz bilan tez orada yuzaga kelgan vaziyatni yengillashtirishimiz hamda ushbu avtomobil modellari uchun shartnomalar qayta yoʻlga qoʻyilishiga ishonamiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, “UzAuto Motors” kompaniyasi Damas va Labo sotuvini vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling