Farg‘onada yuk mashinasi "Lacetti" bilan to‘qnashib ketishi oqibatida ikkki kishi halok bo'ldi

Hodisa oqibatida yengil mashina yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan

Videodan lavha

Videodan lavha

Farg‘ona viloyatida "MAN" yuk mashinasi va "Lacetti" ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma`lumotlarga ko'ra, voqea Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida sodir bo'lgan. Yuk mashinasi haydovchisi "Lacetti" ketayotgan katta yo‘lga kirmoqchi bo‘lgan.

Natijada mashinalar to‘qnashib ketgan, "Lacetti" yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Avtomobil haydovchisi va yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tergov olib bormoqda.

Avvalroq, Toshkentda mashina urib ketishi oqibatida piyoda halok bo'lgani haqida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar