Foto: Toshkent metropoliteni DUK
16-dekabr sanasidan metropolitenning “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha (odatda soat 0:00 gacha) amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
Bu vaqtda metro temir yoʻllarida texnik ishlar bajariladi hamda oʻrnatilgan qurilmalar texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Texnik ishlar yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar metropolitenning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali beriladi, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkent metropolitenida bir kun ichida 620 ming yo'lovchi tashilgani xabar qilingandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling