Hasbik UFC prezidentidan Konorga qarshi jang tashkil qilishni so'radi — foto

Makgregor hamda Hasbulla o'rtasida aytishuv hamon davom etmoqda

Foto: screenshotdan

Foto: screenshotdan

Hasbik hamda treshtok yulduzi hisoblangan Konor Makgregor ijtimoiy tarmoqda janjallashgani haqida xabar berilgandi. 

Juda ham zerikkandek ko'rinayotgan Makgregor janjalni yana qayta boshladi va o'zining twitter sahifasida Hasbik uchun twit qoldirdi.

"Endi nima deysan mayda nogiron", deb yozilgan twitini makgregor ko'p o'tmay o'chirib tashlagan.

Biroq Hasbulla bundan xabar topgan va u ham javob qaytargan.

"Hey Dena va UFC, iltimos bu jangni amalga oshiring, bu tovuqni yeyishim uchun ruhsat bering. Men juda ochman va o'zimning tog'dek "дух"im bilan bu kimsani sindiraman. Mening birodarim Habib uni allaqachon jamoasi bilan qo'shib sindirgan, endi bunga erishish uchun mening navbatim keldi!", — deb javob qaytargan Hasbulla.

Bu jang amalga oshishi haqiqatdan yiroq, lekin agar ko'rgazmali jang tashkil qilinadigan bo'lsa har ikkala jangchi ham mo'may daromad ishlab olishi aniq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar