Eron milliy jamoasi o'yinchilari Angliyaga qarshi o'yin oldidan madhiyani kuylashmadi

Jamoaning bu harakati stadiondagi ikki jamoa muxlislarining qarsaklariga sabab boʻldi

Foto: Telegram

Foto: Telegram

JCh-2022 1-turi doirasidagi "B" guruhidagi dastlabki bahs Angliya va Eron oʻrtasida bo'lib o'tdi. 

Dohadagi “Xalifa” stadionidagi uchrashuvdan oldin ikki mamlakat madhiyasi yangradi. Eʼtiborlisi, Eron milliy jamoasi aʼzolari Eron madhiyasi yangragan paytda joʻr boʻlib kuylashmadi.

Ular Eronda 22 yoshli qiz hijob o'ramaganligi uchun axloq politsiyasi tomonidan kaltaklab o'ldirilganiga shu tarzda noroziliklarini namoyish etishdi. Bu esa stadiondagi ikki jamoa muxlislarining qarsaklariga sabab boʻldi.

Avvalroq Eron milliy jamoasi aʼzolari Sardor Ozmun, Ehson Hojsafi mamlakatdagi namoyishchilarni qoʻllab-quvvatlab, ayollarga nisbatan zoʻravonliklarni qoralagandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling