Qisman safarbarlik e'lon qilinganidan keyin rossiyaliklar mamlakatdan qochmoqda

Googledagi so'rovlarga ko'ra, rossiyaliklar safarbarlikdan qutilish uchun qo'lini sindirishni rejalashtirmoqda

Foto: the Guardian

Foto: the Guardian

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik joriy etilishini e’lon qildi.

Shundan so'ng, ruslar yoppasiga samolyot biletlarini sotib olishga kirishdi. Mamlakatni tark etishga harakat qilayotganlar soni keskin oshib ketdi.

Moskva—Toshkent reysi boʻyicha bugungi va ertangi reyslar uchun chiptalar tugab boʻlgan. Narxlar ham talabga yarasha, 5-6 baravarga oshgan.

Ostona, Tbilisi, Yereven va Istanbul shaharlariga uchadigan reyslar boʻyicha ham shunday holat kuzatilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda rossiyaliklar yoki Rossiyada yashovchilar qochishmoqda.

Bundan tashqari, so'nggi to'rt soat ichida google tarmog'ida "qo'lni qanday sindirish kerak" so'rovi dinamikasi ham keskin oshganini ko'rish mumkin.

Bu harakat bilan rossiyaliklar safarbarlikdan qutilib qolishni reja qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling