Foto: UzReport
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Joʻrabek Raximovich Raximov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, u bunga qadar Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Viloyatni shu kungacha boshqarib kelgan hokim Farxod Ermanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashining avvalgi raisi Qahraman Sariyev esa prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling