Toshkent shahri markazida joylashgan vazirlik hamda bank binolari sotuvga qo'yildi

Aloqabank bosh ofisi joylashgan bino boshlang'ich narxi 302 mlrd so'm etib belgilangan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Toshkent shahri Mirobod tumanining Amir Temur shox ko'chasi va Matbuotchilar ko'chasida joylashgan vazirlik hamda bank binolari sotuvga qo'yildi.

Qayd etilishicha, Aloqabank bosh ofisi joylashgan bino sotuvga qoʻyilgan. Uning boshlangʻich bahosi 302 mlrd soʻm qilib belgilangan. Bunda binoning har bir kvadrati 41,1 mln soʻmga to'g'ri keladi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Shuningdek, xuddi shu bino yonidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining binosi ham sotuvga qoʻyilgan.

Uning boshlangʻich narxi 66,2 mlrd soʻmni tashkil qiladi. Vazirlik binosi umumiy maydoni 3 666 kvadrat metr bo'lib, 1 metr kvadrati uchun narx 18,1 mln soʻmga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkentdagi onkologiya kasalliklariga ixtisoslashgan bir nechta shifoxonalar bino va inshootlari sotuvga qo'yilgani haqida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling