Foto: CentralAsia
Buyuk Britaniya Qirollik zarbxonasi qirol Charlz III tasvirlangan 5 funt va 50 funtlik tangalarni taqdim etdi.
Foto: CentralAsia
Qayd etilishicha, tangalar Britaniyalik haykaltarosh Martin Jennings tomonidan ishlab chiqilgan.
Ma'lum qilinishicha, ularda qirol Charlz III tojsiz tasvirlangan. Qirollik va numizmatik an'analarga muvofiq, uning profili chap tomonga qaragan. Tanga chetlari boʻylab lotin tilida: "Dei Gratia Rex Fidei Defensor" (Qirol Charlz III, Xudoning inoyati bilan, eʼtiqod himoyachisi) deb yozilgan.
Foto: CentralAsia
Xabarlarga ko'ra, 5 funtlik tanganing boshqa tomonida Yelizaveta II ning ikkita portreti tasvirlangan va uning hukmronlik qilgan yillari (1926–2022) yozilgan.
Foto: CentralAsia
Ma'lumotlarga ko'ra, tangalarning maxsus kolleksiyasi 3-oktyabr kuni chiqariladi.
Foto: CentralAsia
Eslatib o'tamiz, qirolicha Yelizaveta II 8-sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi 19-sentyabr kuni bo'lib o'tdi. Shotlandiya Milliy arxivi qirolicha Yelizaveta II ning o‘lim haqidagi guvohnomasini e’lon qilinishicha, qirolichaning o'limiga sabab "keksalik" deb topilgan.
Uning vafotidan so'ng, qirolichaning o'g'li Charlz taxt vorisi bo'ldi, u Charlz III ismini oldi. Shuningdek, 10-sentyabr kuni u Buyuk Britaniya qiroli deb e'lon qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling