O'zbekiston TIV Afg'onistondagi madrasada sodir etilgan terrorchilikni keskin qoraladi

Portlash oqibatida 35 kishi halok boʻlgan

Foto: Transport vazirligi<br>

Foto: Transport vazirligi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi 30-noyabr kuni Afgʻonistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoraladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining tegishli bayonotida aytilgan.

“Afgʻonistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. “Jihodiya” madrasasida amalga oshirilgan qabih harakat koʻplab insonlarning, asosan yosh talabalarning qurbon boʻlishiga olib keldi.

Yana bir bor shuni maʼlum qilamizki, bunday zoʻravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab boʻlib, Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga erishishga toʻsqinlik qiladi.

Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sogʻayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, Afgʻonistonning Samagon viloyatida joylashgan madrasada portlash yuz bergani, oqibatda 35 kishi halok boʻlgani va 23 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Jarohatlanganlar Samangon viloyat kasalxonasiga yotqizilgan. “Tolibon” harakati hozircha portlash haqda maʼlumot bermagan. Viloyati kasalxonasidagi manbalar portlash qurbonlarining aksariyati talabalar ekanini aytgan.

Maʼlum qilinishicha, “Tolibon” voqea joyini toʻsib qoʻygan va hech kimga suratga olishga ruxsat bermagan. Portlash boʻlgan hududdan jasadlarni olib chiqish jarayoni davom etmoqda. Xabarga koʻra, portlash uchun javobgarlikni terrorchi guruhlardan hech biri oʻz zimmasiga olmadgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling