Foto: zerkalo.aj
Ozarbayjon hamda Armaniston o'rtasida qurolli to'qnashuv yuz bergandi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, 12-sentabrdan 13-sentabrga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli Kuchlarining Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Dashkesan, Kalbajar, Lochin va Zangilon yo‘nalishlarida amalga oshirgan keng ko‘lamli provokatsiyasi natijasida 50 nafar harbiy halok bo‘lgan.
“Armaniston tomonidan keng ko‘lamli provokatsiyaning oldini olish chog‘ida Qurolli Kuchlarning 50 nafar harbiy xizmatchisi, jumladan, Ozarbayjon armiyasining 42 nafar harbiy xizmatchisi va Davlat chegara xizmatining 8 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.
Halok bo‘lgan askarlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va yaradorlarimizning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling