SSV O'zbekistonda avj olgan koronavirusning alomatlari va yangi mutatsiyasi haqida ma'lumot berdi

Mazkur mutatsiyaning yashirin davri 2-3 kunni tashkil etadi

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Soʻnggi paytlarda Oʻzbekiston fuqarolari orasida BA.5 omikronning yangi dominant versiyasi bilan kasallanganlar ortmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur versiyaning yashirin davri boshqa shtammlardan farqli ravishda 2-3 kunni tashkil etmoqda.

Hozirda koʻp uchrayotgan yangi mutatsiyaning asosiy belgilari:

— tomoq ogʻrigʻi;

— tana haroratining genetik (41 darajaga koʻtarilishi);

— bosh va mushaklardagi kuchli ogʻriq;

— holsizlik;

— uyquchanlik;

— konyuktivit (10 foiz holatda)

— rint va tonzilit (40 foiz holatda);

— otit (10 foiz holatda);

— diareya (10 foiz holatda) yuzaga kelishi kuzatilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻpka toʻqimasining zararlanishi 30-40 foiz holatlarda kuzatilmoqda. Bu holat asosan uy sharoitida yoki baʼzi xususiy klinikalarda antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dorilarni tomir ichiga maqsadsiz va palapartish qabul qilgan bemorlar orasida kuzatilmoqda.

Avvalroq, 1-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 159 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling