Foto: Tez News
Oʻzbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmini oshirdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Turkmanenergo” korporatsiyasidan keladigan elektr energiyasining kunlik importi 17-18 million kVt/soatdan 20-21 million kVt/soatga oshirilgan.
“Mazkur qaror isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida qabul qilingan”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, energetika vazirligi respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar kiritilganini maʼlum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling