Senat saytini buzib kirganlar 14 yoshli bolalar ekani ma'lum bo'ldi

Bu hujum kimningdir ustidan kulib, mazax qilish uchun emas, balki saytning yaxshi himoyalanmaganini koʻrsatish uchun qilingan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

2-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining rasmiy saytiga buzib kirilgani haqida xabar berilgan edi. Saytni 14 yoshli bolalar buzgani maʼlum boʻldi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” koʻrsatuvida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, olti kishidan iborat boʻlgan Marsh Golden jamoasi 2018-yildan boshlab davlatning turli saytlarini buzib kirgan. Ularning boshligʻi 14 yoshli yigit boʻlib, jamoaning qolgan aʼzolari ham uning tengdoshlari.

Telekanalga intervyu bergan guruh aʼzosi bu hujum kimningdir ustidan kulib, mazax qilish uchun emas, balki saytning yaxshi himoyalanmaganini koʻrsatish uchun qilinganini bildirgan. Shuningdek, u agar imkoniyat berilsa jamoasi bilan davlat saytlarining kiberxavfsizligiga hissa qoʻshishga tayyorligini taʼkidlagan.

Guruh boshligʻining maʼlum qilishicha ularning birinchi ishi 2019-yilda Kundalik.com saytiga kirib, maktabdagi baholarini toʻgʻrilab olish boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling