Foto: YHXX
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Spark haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar qildi.
Hodisa 13-dekabr kuni soat 9:45 larda Ohangaron tumani hududidan oʻtgan Olmaliq-Toshkent yoʻlida yuz bergan. Spark haydovchisi yoʻlning oʻrtasida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborib, unda yordam koʻrsatmasdan voqea joyidan ketib qolgan. Oqibatda piyoda vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq Surxondaryoda Lacetti daraxtga borib urilishi oqibatida 18 yoshli haydovchi vafot etgani xabar qilingandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling