"Bundan buyon erimga itoat qilib yashayman" — Dilso'z eri bilan ajrashmoqchi emasligini ma'lum qildi

Xonanda xatolarini tushunib yetganini ta'kidlagan

Yaqinda o'zbek shou-biznesining yana bir oilasi barbod bo'lish arafasida ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Xonanda Farrux Raimov turmush o'rtog'i Dilso'z bilan ajrashayotganini ma'lum qilgandi. Shuningdek, u O'zbekiston prezidentiga videomurojaat yo'llab, o'zi duch kelayotgan muammolar haqida gapirgan. Ma'lum qilishicha, u o'z biznesini ochishga uringan, lekin bankrot bo'lgan. Uning so'zlariga ko'ra, bankrot bo'lganidan so'ng oilasida muammolar paydo bo'la boshlagan va juftlik ajrashgan.

Turmush o'rtog'ining murojaatidan so'ng Dilso'z ham unga o'z munosabatini bildirgan. Aktrisa oilada to'rt nafar farzandini ta'minlash, uy-ro'zg'or ishlari, kredit to'lovlari va kommunal to'lovlar to'liq uning zimmasida ekanligini aytgan edi.

19-sentyabr kuni esa Dilso'z o'zining Instagram sahifasida endi turmush o'rtog'i bilan ajrashmoqchi emasligini ma'lum qildi.

"Oxirgi paytlarda menga erimni yomonlab gijgijlab ularni yomon ko'rsatishni boshladi. Balki oilamizni buzilishini xohlashgandir. Erimni videomurojaatidan so'ng menga yomon komentariyalar kela boshladi. Va shu gaplardan so'ng jahl ustida ko'p ular haqida yolg'on ma'lumotlarni yozib tashladim. Yozganlarim uchun avvalo Ollohdan, turmush o‘rtog‘imdan va yurtdoshlarimizdan kechirim so‘rayman

Soddaligim va ishonuvchanligim menga pand berdi. Men shuni tushunib yetdimki, ayol kishi birinchidan Ollohga keyin esa eriga itoat qilib yashashi kerak ekan. Men xatoyimni tushunib yetdim. Ajrashishimizni kutganlar esa ovvora bo'lmanglar", — deydi Dilso‘z.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling