Foto: Tez News
9-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 130 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, birgina Toshkent shahrining oʻzida mazkur infeksiya bilan kasallanganlarning soni 100 nafardan oshgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 7 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Fargʻona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 107 nafari Toshkent shahrida.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 8-dekabr holatiga koʻra 122 kishida, 7-dekabr kuni esa 135 nafar bemorda COVID-19 infeksiyasi qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling