Qo'qonda 15 yoshli o'smirning o'limi tufayli ikki nafar IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Hozirda ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan 15 yoshli voyaga yetmagan shaxs ichki ishlar muassasasida vafot etganligi holati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida ikki nafar sobiq ichki ishlar idorasi xodimi oʻzlariga yuklatilgan vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, oʻz majburiyatlariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda boʻlgan.

Oqibatda markazda saqlanayotgan voyaga yetmagan 15 yoshli oʻsmir (marhum) ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi tomonidan kun davomida muntazam ravishda urib-doʻpposlangan. Unga ogʻir darajadagi tan jarohatlari yetkazilib, uning oʻlimiga sababchi boʻlgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan sobiq IIB markaz tarbiyachisi hamda navbatchilik smenasi inspektor-navbatchisi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasi(Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) eʼtiboran koʻpi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi) tartibida ushlangan. Hozirda ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Avvalroq, Farg'onada IIBga olib borilgan 15 yoshli bola vafot etgani, mazkur holat yuzasida Qo'qon IIBning ikki xodimi 15 yoshli o'smirning o'limi tufayli ishdan bo'shatilgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling