Foto: Kun.uz
Oʻzbekistonda oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar 30-noyabrga qadar qabul qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiyaning Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berilgan edi.
Keyinchalik Davlat komissiyasining 8-son bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini mamlakatdagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, mazkur bayon bilan yuqorida qayd etilgan hududlardagi OTMlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirilgan.
Mazkur hududlardagi OTMlardan Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan Oʻzbekiston fuqarolari 30-noyabrga qadar “My.dtm.uz” sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling