Navoiyda aqidaparastlikni targ'ib qilishda gumonlangan fuqaro qo'lga olindi

U Telegram messenjerida turli nomaʼlum shaxslar bilan aqidaparastlik videolavhalarini almashgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Navoiy viloyatida aqidaparastlikni targʻib qilishda gumonlangan xatirchilik fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bir necha yil chet ellarda boʻlib qaytgan xatirchilik fuqaro bilan oʻtkazilgan profilaktik suhbat davomida uning qoʻl telefoni koʻzdan kechirilgan. Aniqlanishicha, YouTube ijtimoiy tarmogʻidan “Muxtor”, “Shomda iyd qurbonligiga tayyorgarlik”, “Shahid rijollar” kabi koʻplab aqidaparastlikni targʻib qiluvchi kanallarga aʼzo boʻlgan, izoh qoldirib telefon xotirasida saqlagan.

Shuningdek, Telegram messenjerida turli nomaʼlum shaxslar bilan aqidaparastlik videolavhalarini almashgan.

Hozirda tuman IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Rossiyada terrorchilik sodir etganlikda ayblanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi ushlangani va Suriyaga ketmoqchi bo'lgan 18 yoshli qiz besh yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling