“Faqat kuchlilar xatosini tan oladilar” — Qodirov Gordonning kechirim soʻrashini yuqori baholadi

Deputat Ukrainaga tezroq tinchlik qaytishini tiladi

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Eron dronlari Oʻzbekistonda yigʻilishi haqida yolgʻon maʼlumot tarqatgan Dmitriy Gordonning uzr soʻraganiga munosabat bildirdi.

“Afsuski, xatolar millionlab begunoh odamlar azoblayapti. Bu juda achinarli”, - deydi Qodirov.

Deputatning fikriga koʻra, faqat kuchli odamlargina xatosini tan oladi va kechirim soʻraydi.

"Biz Ukrainaga tezroq tinchlik qaytishini tilab qolamiz”, — deydi u.

Eslatib oʻtamiz, 27-oktabr kuni Dmitriy Gordon Rossiya tomonidan qoʻllanilayotgan Eron dronlari Oʻzbekistonda yigʻilayotgani haqida maʼlum qilgandi. Shunda Alisher Qodirov bu xabarlarni ”asossiz" ekanini aytdi.

Shu kuni Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi ukrainalik jurnalistning bayonotiga munosabat bildirdi. Ikkala idora ham bu maʼlumotlarni inkor etib, Oʻzbekiston Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol va harbiy texnika ishlab chiqarmasligini taʼkidladi.

Shundan soʻng Gordon Oʻzbekistonni Tojikiston bilan adashtirganini tan oldi va oʻzbekistonliklardan uzr soʻradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling